"Yuventus" Gozenzga qiziqmoqda. "Atalanta" himoyachi uchun 30-35 million evro xohlamoqda

Alisher
14 avg 2020, 11:32
"Atalanta" himoyachisi Robin Gozens faoliyatini boshqa A Seriya klubida davom ettirishi mumkin.

26 yoshli germaniyalik futbolchiga "Yuventus" klubi qiziqmoqda. Bundan tashqari, u APL va Bundesliga klublari e'tiborini tortmoqda.

"Lion" yanvarda o'yinchi uchun 25 million evro taklif qildi, ammo bergamoliklar bunga rad javobini berishgan. "Atalanta" Gozensni 30-35 mln evroga baholamoqda.

Futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira