"Yuventus" futbolchisi jarohat oldi va YCHL finalida o'ynamasligi mumkin
Tolibjon Qosimov
2 iyun 2017, 21:04
"Yuventus" yarim himoyachisi Stefano Sturaro kechagi mashg'ulotda sonidan jarohat oldi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Shunga qaramay, futbolchi YCHL finali doirasida "Real"ga qarshi bahs o'tadigan Kardiffga jamoa bilan birga uchdi. Lekin, 24 yoshli italiyalikning maydonga tushish ehtimoli juda kam.