“Yuventus” YCHL qaydnomasiga o'zgartirish kiritdi

Turinliklar himoyachilar o'rnini almashtirdi.

“Yuventus” mavsum so'ngiga qadar jarohat sabab safdan chiqqan Merih Demiral o'rniga Jorjio Kellinini YCHL qaydnomasiga kiritdi. Qayd etish joiz, Jorjio ham endigina og'ir jarohatdan tiklanib kelmoqda. Uning mart boshida asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, YCHL 1/8 finali doirasida “Yuventus” 26 fevral hamda 17 mart kunlari “Lion”ga qarshi bahs olib boradi.


Manba: “Ювентус” расмий сайти