"Yuventus" Di Mariyaning javobini kutmoqda, Arnautovichga qiziqishni saqlab turibdi. Rabo klubdan ketmoqchi

Alisher
18 iyun 2022, 14:11
"Yuventus" transfer bozorida ishlashda davom etmoqda.

"Keksa sinora"ning maqsadlaridan biri Anxel Di Mariyadir. Klub uning javobini kutmoqda.

Turinliklar shuningdek "Bolonya" forvardi Marko Arnautovich bilan ham shartnoma imzolashga qiziqmoqda. Ushbu o'yinchiga Massimiliano Allegri juda ham qiziqadi, "Yuve" uni taklif qilishga yana bir bor urinib ko'rishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo uni sotishlarini so'ramoqda, u jamoasini o'zgartirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com