"Yuventus" Amerikadan yana 4 futbolchini olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
22 dek 2020, 17:59
"Yuventus" AQSHdan bir yo'la 4 nafar futbolchini tarkibga qo'shib olmoqchi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, Italiya klubi "Dallas" hamda "Los-Anjeles Gelaksi" himoyachilari Brayan Reynolds hamda Julian Arauxo, "Nyu-York Red Bulls" yarim himoyachisi Keydon Klark va "Dallas" hujumchisi Rikardo Peppining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ushbu mavsumda17 yoshli Peppi 20 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etdi. 17 yoshli Klark 20 uchrashuvda qatnashib, 6 gol va 5 assistni hisobiga yozdirib qo'ygan bo'lsa, 19 yoshli Arauxo 17 o'yinda 1 gol va 2 assistni qayd etgan. 19 yoshli Reynoldsning hisobida 19 o'yinda 4 assist bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport