Rasman: "Leyptsig" amerikalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2021, 20:10
"Nyu-York Red Bulls" yarim himoyachisi Keyden Klark faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

U "Leyptsig" bilan 2024 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. Biroq, 18 yoshli futbolchi hozircha ijara asosida "Nyu-York Red Bulls"da qoladi.

Amerikalik joriy mavsum MLSda 8 o'yinda qatnashib, 4+1 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/RBLeipzig_EN