“Yuventus” A Seriyadagi eng keksa yoshdagi futbolchilarga ega jamoa

Narzulla Saydullayev
10 sen 2013, 10:11
“Yuventus” A Seriyadagi eng keksa yoshdagi futbolchilarga ega jamoa hisoblanadi, deb xabar beradi Opta.

Turinliklar klubi futbolchilarining o'rtacha yoshi - 28 yosh, 5 oy va 3 kunga teng. Bu ko'rsatgich bo'yicha ikkinchi o'rinda “Atalanta” klubi turadi. Bu klub futbolchilarining o'rtacha yoshi - 28 yosh, va 12 kunga teng. Uchinchi o'rinni esa “Kevo” klubi band etgan bo'lib, jamoa futbolchilarining o'rtacha yoshi – 27 yosh, 7 oy va 18 kunga teng.

“Inter” klubiga keladigan bo'lsak, bu klub o'yinchilarining o'rtacha yoshi – 27 yosh, 6 oy va 18 kunga to'g'ri keladi. Undan keyin “Napoli” jamoasi – 27 yosh, 1 oy va 15 kun. “Roma” – 27 yosh va 8 kun. “Milan” – 26 yosh, 9 oy va 14 kun.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru