Yuriy Lukin: "Tezkor goldan so'ng tezda o'zimizga keldik"

Narzulla Saydullayev
9 may 2015, 21:52
"Qizilqum" - "Qo'qon-1912" o'rtasidagi o'yindan so'ng mezbonlar ustozi Yuriy Lukin o'z fikrlarini bildirdi.
"Tezkor gol o'tkazib yubordik. Shu bois rejalarimizni o'zgartirdik va tezda o'zimizga keldik. Raqib safida chetlatish bo'lgani ham bizga yordam berdi. G'alaba qozona olganimizdan xursandman", - deydi Yuriy Lukin.

"Bugun asosiy tarkibga ikki nafar yosh futbolchini kiritdim. Ularga o'yin amaliyotini taqdim etishga qaror qildim. Menimcha yomon o'yin namoyish etishmadi".

"Keyingi turda "Buxoro", so'ngra "Mashal"ga qarshi safarda o'ynaymiz. Bugun eshitishimcha bu jamoalar o'rtasidagi bahs 2:2 hisobida tugadi. Kuchli jamoalar, lekin bu o'yinlarda ochkolar olsa bo'ladi".


"Qizilqum" klubi matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia