Klopp Serxio Ramos haqida: "Jamoamda bunday futbolchilar bo'lganida ularni tezroq ketkazishga urinardim"

Narzulla Saydullayev
1 noya 2024, 15:15
"Liverpul" sobiq ustozi Yurgen Klopp Toni Kroos bilan podkastda Serxio Ramos haqida gapirdi.

"Yevropa chempionlar ligasi finalida Serxio Ramos Muhammad Salohga nisbatan maza qilib qoida buzganini barchamiz bilamiz. Uning mentalitetini hech qachon tushuna olmaganman.

Mening jamoamda bunday futbolchilar bo'lganida ularni tezroq ketkazish harakatida bo'lganman", - dedi Klopp.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: x.com/football__tweet