

Ayni damda hech qayerda ishlamayotgan murabbiy Yurgen Klopp keyingi ish joyi qaer bo'lishi haqidagi savolga javob berdi. Ma'lumot uchun, Klopp o'tgan mavsum yakunida "Liverpul"dan ketgandi.
"Hozirgi kunda mening murabbiy sifatidagi faoliyatim yakunlandi. Men faqat o'z xohishim sabab kyetmadim. Bu umumiy qaror edi.
Men tinchlik va xotirjamlikni qidirdim. Hozir bunga 100% erishdim va bu imkoniyatdan rohatlanmoqdaman. Shunchaki chetga chiqish payti kelgandi.
Men padel-tennis o'ynab, nabiralarim bilan o'tirishga juda yoshlik qilaman. Yana murabbiy bo'lamanmi? Ayni damda buni inkor etaman. Bir necha oylardan keyin bu savolga javob berishim mumkin. Hozir esa – yo'q", -deydi Yurgen Klopp.



