Yurgen Klopp: "2:0 yoki 3:0dan keyin himoyaga o'tib olmasdan, hujum qilishda davom etdik"

Narzulla Saydullayev
29 sen 2013, 12:17
"Borussiya" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya chempionati 7-turi doirasidagi "Frayburg"ga qarshi o'yin (5:0) nihoyasiga etgach, uchrashuv haqidagi fikralri bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoa kuchli bosim ostida harakat qilganiga qaramay, raqibni enga oldi. Biz "Napoli"ga qarshi o'yinni tahlil qilib, kerakli xulosalarni chiqarib oldik".

"Frayburg"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida juda yaxshi o'ynadik. Futbolchilar ham o'yindan zavq olishdi. Hisob 2:0 yoki 3:0ga etgach, himoyaga "yotib" olmadik va aksincha, hujum qilishda davom etdik".

"Jamoaviy pressingni qo'llay olganimizdan ko'nglim to'ldi. Levandovski esa ajoyib golga mualliflik qildi", dedi Klopp.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru