Yerro yana Ispaniya FF sport direktori etib tayinlandi

24 noya 2017, 00:49
“Real” va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Fernando Yerro yana Ispaniya futbol federatsiyasi sport direktori lavozimini egalladi.

Bu haqda Ispaniya FF tvitter sahifasida ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz, Yerro 2007-2011 yillarda ham xuddi shu vazifada ishlagan.

Ilgariroq Marca nashri bergan xabarga ko'ra, Serxio Ramos, Pike, Serjio Buskets, Andres Inesta singari futbolchilar Yerroni bu lavozimda ishlashini qo'llab-quvvatlashgan edi.

Ispaniya FFdan keyin Yerro “Malaga” jamoasida bosh direktor, so'ngra “Real”da Karlo Anchelottiga yordamchi va “Ovedo” jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Испания ФФ расмий сайти