Yaqindagina "Milan" bilan xayrlashgan futbolchining yangi klubi ma'lum

Alisher
26 iyun 2019, 16:45
"Milan" himoyachisi Kristian Sapata kelasi mavsumda qaysi klub sharafini himoya qilishini aytib o'tdi.

"Men "Jenoa" libosini kiyishdan baxtiyorman. Barcha muxlislarni quchib qolaman. Vamos, "Jenoa", - deydi 32 yoshli kolumbiyalik futbolchi.

Shunday ekan, "Udineze" va "Vilyarreal" sobiq o'yinchisi faoliyatini "Jenoa"da davom ettiradigan bo'ldi. Bitim shartlari hozircha oshkor etilmayapti.

Sapata A Seriyada 13ta o'yin o'tkazgan va 4ta sariq kartochka olgan.

Sapata 2007 yildan buyon Kolumbiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia