Yang "Inter"da koronavirusga chalingan oltinchi o'yinchi bo'ldi. "Milan" bilan derbi 17 oktyabrda

Alisher
11 okt 2020, 16:00
"Inter" himoyachi Eshli Yang koronavirusga musbat test topshirganini ma'lum qildi.

Bundan oldin infekciya Milan Shkrinyar, Alessandro Bastoni, Raja Nainggolan, Roberto Galyardini va Ionuc Raduda ham aniqlangan edi.

Shunday ekan jami "Inter"ning 6 nafar futbolchisi koronavirusga chalingan.

"Inter" A Seriya doirasida keyingi turda "Milan" bilan o'ynaydi. Bahs 17 oktyabrga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: inter.it