Yana boshlandi! Neymar PSJ mashg'ulotida bosh murabbiy bilan janjallashdi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2017, 15:28
PSJ hujumchisi Neymar 20 oktyabr kuni bo'lib o'tgan mashg'ulotda jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri bilan janjallashib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, murabbiy "Anderlext"ga qarshi Chempionlar ligasining 3-tur uchrashuvida maydonga tushgan futbolchilar uchun mashg'ulotni oldinroq yakunladi, bu esa braziliyalikka yoqmadi. Neymar maydonda qolishni istadi, ammo Emeri rad javobini berdi. Futbolchi kiyinish xonasiga yo'l oldi, biroq yo'l-yo'lakay g'azabda oldidagi to'pni tepdi va jahli chiqayotganini bildirdi.

Ma'lum bo'lishicha, PSJ mashg'ulotida ishtirok etgan NBAning besh karra chempioni Kobi Brayant ushbu voqeaga guvoh bo'lgan.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe