Xyoness: "Anchelotti uni haydab yuborganlari uchun "Real"ni taslim etmoqchi"

Aslanov Jasurbek
27 mar 2017, 13:14
"Bavariya" prezidenti Uli Xyonessning so'zlariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi chorak finalida "Real"ni mag'lub etishni juda xohlamoqda.

"Karlo "Real" va uning futbolchilarini juda yaxshi biladi. Bundan tashqari, Anchelotti uni haydab yuborganlari uchun "Real"ni taslim etmoqchi. Uning "Real"dan ketishi yoqimli bo'lmagan. Biroq murabbiyimiz juda xotirjam va "Bavariya" yarim finalga chiqishini aytib, bizni tinchlantiryapti" - deydi Xyoness.

Anchelotti 2013-2015 yillarda "Real"ni boshqargan.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 12 aprel kuni nems grandi maydonida, javob o'yini esa 19 aprel "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS