Xuan Mata Xitoydan tushgan fantastik taklifni rad etgani ma'lum bo'ldi

12 iyul 2019, 07:45
Avvalroq Mata “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar uzaytirgan edi.

Shartnomani uzaytirishdan oldin Mataga Odil Ahmedov to'p suradigan “Shanxay SIPG” jamoasi katta taklif bilan chiqqan. Unga ko'ra, xitoyliklar Mataga haftasiga 550 ming funt maosh taklif qilgan. Xuan esa bu taklifni rad etgan.

Futbolchi o'tgan mavsum APLda 3 ta gol urib, 4 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportsmole