Xoland Rayolaga kim bilan shartnoma imzolamoqchiligini aytdi. U Mbappe bilan birga o'ynamoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
15 yanv 2022, 12:36
"Manchester Siti" Dortmundning "Borussiya"si forvardi Erling Xolandni sotib olishni istamoqda.

"Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiolaning shaxsan o'zi tarkibda norvegiyalikni ko'rishni istaydi. Ferran Torres jamoadan ketgach, jamoada faqat bitta nominal hujumchi Gabriel Jezus qolgan.

Shunday bo'lsada, Xolandning o'zi "Real"da to'p tepishni istaydi. 21 yoshli futbolchi agenti Mino Rayolaga hozircha PSJda o'ynayotgan Kilian Mbappe bilan birga "qaymoqranglilar" tarkibida harakat qilish bosh maqsad ekanligini ma'lum qilgan.

Shuning uchun, Xoland vakiliga iloji boricha tezroq "Real" bilan shartnoma shartlarini kelishishni so'ragan.




O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru