Xoland "Manchester Siti" mashg'ulotlariga qaytdi

Administrator
1 may 2025, 01:40
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand asosiy jamoa bilan to'liq mashg'ulotlarni boshladi.

Tiklanish davrida futbolchi alohida dastur bo'yicha shug'ullangan bo'lsa-da, Erling chorshanba kuni umumiy guruhga qo'shildi.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola payshanba kuni "Vulverhempton"ga qarshi o'yin oldidan o'tkaziladigan matbuot anjumanida hujumchining maydonga qaytishi mumkin bo'lgan sana haqida batafsil ma'lumot berishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Xoland "Bornmut"ga qarshi kubok o'yinida jarohatlanib, stadionni qo'ltiqtayoqda tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano