"Xoffenxaym" murabbiyi suv idish bilan muxlisni nishonga olgani uchun uzr so'radi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2017, 00:42
"Xoffenxaym" bosh murabbiyi Yulian Nagelsman Myonxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi bahsda g'azabda suv idish bilan muxlisni nishonga olgani uchun uzr so'radi.

Ushbu uchrashuv Nagelsman jamoasining 1:3 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.

"Juda ahmoqona ish qildim. Suv idishni devorga otmoqchi edim. Hammasi shunday bo'lganidan afsusdaman. Suv idish bilan muxlisni poylash niyatim yo'q edi. Boshqa takrorlanmaydi" - deydi 30 yoshli murabbiy.

Nagelsman o'yindan so'ng tribuna oldiga kelib, sodir bo'lgan voqea uchun uzr so'ragan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild