

Bu voqea "Yunan Liczyan"ga (1:1) qarshi bahsning tanaffusida sodir bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, ikkinchi bo'limning boshlanishi 50 daqiqaga cho'zildi.
"Xarbin Iten" vakillarining so'zlariga ko'ra, tanaffusda kiyinish xonasida chiroq o'chib qolgan va o'nlab qo'riqchilar ichkariga kirib, futbolchilarni dubinka bilan ura boshlagan. "Yunan Liczyan" vakillarining so'zlariga ko'ra, kaltak egan mehmon jamoa futbolchilari uchrashuv bosh hakamiga tahdid qilishgani uchun qo'riqchilar aralashishiga to'g'ri kelgan. Dubinkalar ishlatilmagani aytilmoqda.
"Agar bu haqiqat bo'lsa va o'nlab qo'riqchilar kaltaklagan bo'lsa, qanday qilib ular ikkinchi bo'limga chiqishdi va uchrashuvni davom ettirishdi?" - deyiladi "Yunan Liczyan" bayonotida.
Xitoy futbol assotsiatsiyasi ushbu voqea bo'yicha tekshiruv ishlarini boshladi.



