Xiddink: "Falkao terma jamoalarning o'yinidan so'ng maydonga qaytishi kerak"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2016, 12:43
"Chelsi" bosh murabbiyi Gus Xiddinkning ma'lum qilishicha, hujumchi Radamel Falkao terma jamoalar o'yinidan so'ng safga qaytishi kerak.

"Falkaoni jarohatlar qiynayapti. U shikastlanishdan so'ng jismonan oyoqqa turdi va hozir formasini tiklayapti. Radamel so'nggi 10 kun asosiy jamoa bilan shug'ullandi. Kutishimiz va u o'zini mashg'ulotlarda qanday his qilishini ko'rishimiz kerak.

"Chelsi"ning to'rtinchi o'ringa ko'tarilishi qiyin. Angliya Kubogi va Chempionlar ligasidan chiqib ketdik va terma jamoalar bahsida yosh futbolchilar APLda o'yin amaliyotiga ega bo'lishi mumkin. Hech narsani kafolatlamayman va ular menga tayyor ekanliklarini isbotlashi kerak" - deydi Xiddink.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Chelsea