Xeness: "Biz Klopp bilan kelishib qo'ygandik"

Mirjalol Normatov
15 fev 2019, 19:31
"Bavariya" prezidenti Uli Xenessning aytishiga ko'ra, Yurgen Klopp klubni boshqarishi mumkin bo'lgan ekan.

"Kloppni ajoyib murabbiy deb bilaman. Uzoq yillar oldin biz u bilan "Bavariya" boshqaruvini o'z qo'liga olishi borasida kelishib qo'ygandik. Biroq yakunda biz Yurgen Klinsmanni tanladik.

Bo'lajak bahs "Liverpul"ga ham, "Bavariya"ga ham qiyin bo'ladi. Umid qilamanki, g'alabaga erisha olamiz", - dedi Xyoness.

Klinsmann 2008 yilda "Bavariya" boshqaruviga kelgan va 1 mavsumdan keyin jamoadan ketgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal