Xavi: "Umid qilamanki, Gavi shartnomasini uzaytiradi"

Mirjalol Normatov
2 may 2022
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi matbuot anjumanida yarim himoyachi Gavi klubda qolishni istayotganini aytdi.

"Umid qilamanki, u yaqin vaqtlar ichida klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Gavi - "Barselona" uchun muhim futbolchi. Uning iqtidori juda katta va hali yuqori darajadagi futbolchi bo'lib yetisha oladi. Shu sababli uning "Barselona"da qolishini istayman", - dedi Xavi.

Ushbu mavsumda Gavi LaLiganing 30 o'yinida qatnashib, 2 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana