"Barselona" asosiy futbolchisini yozda sotishga tayyor

2 iyul 2026, 19:28
"Barselona" fransiyalik himoyachi Jyul Kundeni sotishga tayyor.

Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" Kunde uchun so'ralayotgan mablag'ni 65 million evrogacha kamaytirgan. Qayd etilishicha, bu narx Fransiya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionati - 2026 da muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan futbolchini kuzatib borayotgan "Chelsi" va "Liverpul" klublarini qoniqtiradi. Shu bilan birga, Kundening o'zi Kataloniya klubini tark etishni istamayapti. O'tgan yozda u "Barselona" bilan shartnomasini moliyaviy shartlari yaxshilangan holda 2030 yilgacha uzaytirgan edi.

Jyul Kunde "ko'k-anorranglilar" safiga 2022 yilda "Sevilya"dan o'tgan edi. O'shanda transfer summasi 50+10 million evroni tashkil qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Sport