Xavi: "Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi"

Aslanov Jasurbek
21 mar 2019, 14:42
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi sobiq jamoadoshi Lionel Messini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaydi.

"Messi har kuni eng yaxshi ekanligini isbotlaydi. Uni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblayman. Shunchaki ayni damdagi emas, barcha davrlarning, chunki u hayratlanarli ishlarni amalga oshirmoqda. U 12 yildan beri yuqori saviyada o'ynayapti" - deydi Xavi.

31 yoshli Messi joriy mavsum LaLiganing 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 29ta gol urdi va 12ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN