Xavi Dembelening "Barsa" tarkibidan chetlatilishiga qarshi. Murabbiy Laporta bilan francuzning kelajagini muhokama qiladi

Alisher
1 fev 2022, 12:38
"Barselona" prezidenti Joan Laporta, direktor Mateu Alemani va bosh murabbiy Xavi bugun vinger Usmon Dembelening vaziyatini muhokama qiladi.

Kataloniya klubi yanvardagi transfer oynasida francuzning sotuvi bo'yicha kelisha olmadi, u mavsumni "Kamp Nou"da tugatib qo'yadi.

24 yoshli o'yinchining shartnomasi yakunlanmoqda. Biroq, Xavi undan qolgan o'yinlarda foydalanmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" murabbiyi Dembelening mavsum so'nggiga qadar tarkibdan chetlatilishiga qarshi.

Yakuniy qaror Xavining "Barselona" rahbariyati bilan uchrashuvida qabul qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As