Xavi "Barselona" murabbiyi sifatidagi qiyinchilik haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
22 noya 2022, 10:20
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes ushbu lavozimda qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani borasida fikr bildirdi.

"Sizni muhokama va tanqid qilishadi..."Barselona" zaxira o'rindig'ida azob chekasiz. Klub tizimidan chiqqan inson bo'lsangiz ham, bu yerda ishlash oson emas. "Kamp Nou"da bir yil o'n yilga teng.

Mening kelajagim natijalarga bog'liq. Yuqori saviyadagi murabbiy bo'lsa ham, hammasi o'z qo'lida bo'lmaydi. "Barselona"ning umidlari juda katta va biz ularni oqlashimiz kerak. "Barsa" La Ligada chempionlik uchun kurashadi - hozir jadvalda peshqadammiz. Shuningdek, Yevropa Ligasi g'olibligi uchun kurash olib boramiz", - dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo