

"Sizni muhokama va tanqid qilishadi..."Barselona" zaxira o'rindig'ida azob chekasiz. Klub tizimidan chiqqan inson bo'lsangiz ham, bu yerda ishlash oson emas. "Kamp Nou"da bir yil o'n yilga teng.
Mening kelajagim natijalarga bog'liq. Yuqori saviyadagi murabbiy bo'lsa ham, hammasi o'z qo'lida bo'lmaydi. "Barselona"ning umidlari juda katta va biz ularni oqlashimiz kerak. "Barsa" La Ligada chempionlik uchun kurashadi - hozir jadvalda peshqadammiz. Shuningdek, Yevropa Ligasi g'olibligi uchun kurash olib boramiz", - dedi Xavi.



