

"Men odatdagidek mashq qilib, futbol o'ynayapman. Futbol - mening hayotim va "Torino"da o'zimni yaxshi his qilyapman. Men mavsum oxirigacha maydonda borimni berib o'ynayman. Mixaylovich futbolchilardan nimani xohlayotganini tushunib boryapman. "Manchester Siti" menga tanlash imkoniyatini berdi va endi A Seriyada "Torino" bilan ishlayman.
Bu yerda ekanligimdan xursandman va Italiyada nega ingliz posbonlari kamligiga tushunmayman. Italiya Angliyadan farq qiladi - bu yerda taomlar yaxshiroq. A Seriya va Premer-liga o'rtasida farq bor, ammo jamoaga ko'nikishga harakat qilyapman" - deydi Xart.



