Xarri Keyn Manchester klubiga o'tishi mumkin

Alisher
24 okt 2019, 15:52
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn yozgi transferlar oynasida "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

26 yoshli ingliz futbolchisi anchadan buyon jamoadan ketish haqida o'ylayapti.

"Qizil iblislar" esa shu vaziyatdan foydalangan holda hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Keyn uchun "Manchester Yunayted"dan tashqari "Chelsi" va "Real" klublari ham raqobat qilishmoqda.

Keyn joriy mavsum APLda 9ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports