Xarri Keyn: Eng yaxshi yosh futbolchi sovrini faxrlanish uchun arziydi

Narzulla Saydullayev
27 apr 2015, 10:00
Tottenxem hujumchisi Xarri Keyn APLda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bu g'aroyib. O'zim uchun ham, oilam uchun ham faxrlanish uchun sabab. Umid qilamanki, bu oxirgi sovrinim emas.

Mehnat qilishda davom etishim kerak, so'rovnomada hamkasblarim ishtirok etgani ikki karra sharafli. Bugungi kechani unutmayman.

Mavsumda imkoniyatga ega bo'ldim va undan foydalandim, – deydi Keyn.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru