Xafa bo'lgan Naynggolan faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
21 may 2018
"Roma" yarim himoyachisi Raja Naynggolan "Instagram"dagi sahifasi orqali terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

Bugun, 21 may kuni Belgiya terma jamoasining JCH-2018 uchun kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi va unda Naynggolanga joy topilmadi.

"Xalqaro faoliyatim yakuniga etgani haqida e'lon qilmoqchiman. O'z mamlakatim sharafini himoya qilish uchun doimo bor kuchimni ishga solganman. Afsuski, bazilarni o'zliging qoniqtirmaydi. Bugungi kundan Belgiya terma jamoasining asosiy muxlisiga aylanaman" - deb yozdi Naynggolan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia