Xabi Alonsoning Ispaniya safidagi oxirgi o'yini Avstraliyaga qarshi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2014, 11:12
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Xabi Alonso Braziliyadagi mundialdan so'ng termadan ketishga qaror qildi, deb xabar bermoqda ITAR-TASS.
32 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda ko'p bor jarohat olgani tufayli shunday qarorga kelgan. Alonso endi bor e'tiborini klubdagi faoliyatiga qaratmoqchi.

Alonso Ispaniya terma jamoasi safida jami 113ta o'yin o'tkazib 16ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net