Who Scored: Messi so'nggi 11 yilda to'qqizinchi bor Yevropada eng zo'ri

Eldor Akmurzayev
6 avg 2020, 20:30
Who Scored statistik sayti 2019/20 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra “Barselona” sardorini Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb etirof etdi.

Uning 2019/20 yilgi mavsumdagi o'rtacha ko'rsatkichi esa 8,71 ballni tashkil qilgan.

2-o'rinda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe (8,14) joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka "Bavariya" a'zosi Robert Levandovski (8,13) yakun yasagan.

Argentinalik yulduz so'nggi 11 mavsum to'qqizinchi marotaba eng yaxshi degan nomni qo'lga kiritdi. 2013/14 yilgi mavsum Luis Suares va 2016/17 yilgi mavsum esa Neymar Messini ortda qoldirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Who Scored