"Vulverxempton" Shomurodov transferi bo'yicha muzokaralarda oldinga siljidi

Sherzod Nurmatov
2 avg 2022, 22:15
Rimning "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyani tark etishi tobora oydinlashib bormoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, Angliya klubi O'zbekiston terma jamoasi sardori transferini rasmiylashtirishdagi muzokaralarda faollikni oshirgan. 

"Roma" sport direktori Tyagu Pintu Shomurodov ijara asosida moliyaviy tarafdan past narxga ketishini istamayapti. U hujumchi bilan butunlay xayrlashmoqchi. 

Avvalgi xabarlarga tayangan holda aytish mumkinki, "Vulverxempton"ning asosiy raqobatchisi "Bolonya" bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sportwitness.co.uk