"Vulverxempton" Adama Traoreni klubning eng katta maosh oluvchi o'yinchisiga aylantirmoqchi

Alisher
4 sen 2021, 13:04
"Vulverxempton" forvardi Adama Traore klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

"Bo'rilar" rahbariyati 25 yoshli ispanga haftasiga 140000 evro maosh (yiliga 7,3 mln evro) berib, uni klubda eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantirmoqchi.

Klub bu "Tottenxem" va "Liverpul" tomonidan qiziqishni tushirishiga umid qilmoqda.

Traore 2020/21 yilgi mavsum 41ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun