Vitaliy Ni: "Qo'qon-1912" liga kubogini yutishni maqsad qilgan”

Narzulla Saydullayev
14 avg 2019, 19:56
O'zbekiston Liga Kubogi chorak finali doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Nasaf” (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar vice-prezidenti Vitaliy Ni o'yin haqida to'xtaldi.

-  Birinchidan muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman.Jamoamiz doim muxlislar uchun o'ynaydi. Har doim o'z oldimizga g'alaba qozonishni maqsad qilib maydonga tushamiz. Biz o'z oldimizga liga kubogini yutishni masad qilganmiz.O'yinga keladigan bo'lsak gol urganimizdan so'ng, g'alabani ushlab qolishga o'rindik. Balki chiroyli o'yin ko'rsatmagandirmiz, ko'proq himoyalanishimizga ham to'g'ri keldi. Biroq yakunda  o'z maqsadimizga erishdik. Bu biz uchun eng asosiy masala edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz