Viloyat kubogi g'oliblari Respublika kubogiga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2013, 11:54
Xabar berib o'tganimizdek Samarqand shahri 1-7 noyabr kunlari ushbu yilda o'z viloyatida kubok g'oliblikini qo'lga kiritgan jamoalar o'rtasida Respublika kubogi bo'lib o'tadi.
Ushbu kubok oldidan bugun Samarqand viloyat futbol federatsiyasi binosida qur'a tashlash bo'lib o'tadi. Bu yildagi ushbu turnirga olti viloyatning jamoalari ishtirok etish istaklarini bildirib o'tdi.

Bu yilgi musobaqalarda quyidagi jamoalar ishtirok etishadi:
1. "Bahor-Geolog" (Samarqand)
2. "Nuriston-Mashal" (Qarshi)
3. "Bunyodkor" (Toshkent)
4. "Uz DONG Ju" (Andijon)
5. "KDU" (Nukus)
6. "Bog'don" (Jizzax)

Jamoalar ikki guruhga bo'lingan holda uchrashuvlarga kirishadi.

"A" guruhi

1. "Bahor-Geolog" (Samarqand)
2. "Nuriston-Mashal" (Qarshi)
3. "Bunyodkor" (Toshkent)

"B" guruhi

1. "Uz DONG Ju" (Andijon)
2. "KDU" (Nukus)
3. "Bog'don" (Jizzax)

1-tur. 01.11.13
"Uz DONG Ju" - "Bog'don"  12:00  "SVVAKIU" stadioni
"Baxor-Geolog" - "Bunyodkor"  14:00  "SVVAKIU" stadioni

2-tur
"Bog'don" - "KDU"  11:00 "SVVAKIU" stadioni
"Baxor-Geolog" - "Nuriston"  13:00 "SVVAKIU" stadioni

3-tur
"KDU" - "Uz DONG Ju"  11:00  "SVVAKIU" stadioni
"Nuriston" - "Bunyodkor"  13:00 "SVVAKIU" stadioni

Ushbu guruh bahslari yakunlangandan so'ng keyingi bosqich jamoalari ma'lum  bo'ladi va ushbu musobaqa g'olibi va finalchisi O'zbekiston Birinchi ligasi o'tish bahslariga yo'l oladi.

Natijalar va qo'shimcha ma'lumotlar bilan saytimiz orqali xabar berib boramiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: samfutbol.uz