Villian zaxirada o'tirib, maosh olishni istamadi va bugun "Arsenal" bilan shartnoma bekor qilinadi

Mirjalol Normatov
29 avg 2021, 11:50
Yarim himoyachi Villian "Arsenal"ni tark etmoqda.

Futbolchi "Arsenal" bilan yana ikki yillik, 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasini bekor qilishga rozilik bergan. Shu orqali u 20 million funt klubning hisobida qolishini istagan.

"Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tganidan keyin uning faoliyatida pasayish bo'lmoqda. Braziliyalik futbolchi zaxirada o'tirib qolib, maoshini olishni istamayapti. Shu boisdan u jamoani tark etmoqda.

Vinger faoliyatini "Korintians"da davom ettiradi. Bu yerda u haftasiga 240 ming funt maosh oladi. Bu esa "Arsenal"dagi maoshidan 70 foizga kam degani.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SkyKaveh