Villian: "Men "Arsenal"ga sovrinlar qo'lga kiritish uchun keldim"

Alisher
14 avg 2020, 17:03
Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Villian "to'pchilar" safiga o'tgani haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi klub bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

"Men "Arsenal"ga o'tishga qaror qildim, chunki bu dunyoning eng katta klublaridan biri. Mikel Arteta qo'l ostida yangi loyiha yaratilmoqda.

O'ylaymanki, klub yana porlashga loyiq va men ushbu loyihaning bir qismi bo'lishni xohlayman. "Arsenal" oilasining bir qismi bo'lish - ajoyib. Men buni qilishdan baxtiyorman.

Men "Arsenal"ga sovrinlar yutish uchun keldim, sababi klub bunga loyiq. Har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun qo'ldan kelgan barchasini qilish kerak", - deydi Villian.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports