Vidal: "Yana jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
19 dek 2014, 17:43
"Yuventus" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Kalyari"ga qarshi Italiya chempionatining 16-tur bahsi (3:1) haqida o'z fikrini bildirdi.

"Men yana jahonning eng yaxshi futbolchilari qatoridan joy olmoqchiman. Bunga erishish uchun ko'p ishlayapman. Bu uchrashuvda g'alaba qozonish muhim edi va biz bunga erishdik. Yilni birinchi o'rinni yakunlashni xohlagandik. Hozirda barchaning hayoli "Napoli"ga qarshi Italiya Superkubogi o'yinida" - deydi Vidal.

"Yuventus" - "Napoli" o'rtasidagi Italiya Superkubogi 22-dekabrda Doxada bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com