"Vest Xem" MYU o'yinchisiga qiziqmoqda

Alisher
26 yanv 2021, 11:10
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard klubdan ketishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda va London klubi manchesterliklarga o'yinchi bo'yicha taklif bergan. Gap o'yinchining mavsum so'nggiga qadar ijarasi haqida ketmoqda.

28 yoshli Lingard joriy mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 3ta o'yinda 179 daqiqa harakat qildi.

Jessi Lingardning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports