"Vest Xem" Belottiga 60 mln evro taklif qildi, ammo rad javobini oldi

Alisher
15 iyul 2019, 16:21
"Vest Xem" "Torino" hujumchisi Andrea Belottini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ingliz klubi 25 yoshli forvard uchun 60 million evro taklif qildi, ammo "Torino" rad javobini berdi.

"Torino" futbolchini 100 million evro atrofida pullamoqchi.

Futbolchi faoliyatini Italiyaning "Albinoleffe" klubida boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2013-2015 yillar "Palermo"da harakat qilgandan so'ng "Torino" futbolchini o'z safiga qo'shib olgan edi.

Belotti 2016 yildan buyon Italiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport