"Fiorentina" "Roma" hujumchisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
1 fev 2024
Andrea Belotti Florenciyaga ko'chib o'tdi.

"Fiorentina" "Roma" hujumchisi Andrea Belottini ijaraga olganini e'lon qildi.

Xabar qilinishicha, 30 yoshli Belotti Florenciyada tibbiy ko'rikdan o'tdi va shartnomaga imzo chekdi.

Andrea Belotti joriy mavsum "Roma" safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acffiorentina.com