

36 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan bir yillik kelishuvga erishdi. Shartnomaning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmayapti.
Angliya terma jamoasida 53 ta uchrashuvda maydoga tushgan Barri 2013 yil “Manchester Siti”dan “Everton”ga ko'chib o'tgandi. U dastlab liverpulliklar safida ijara asosida, keyinchalik ular bilan to'laqonli shartnomaga imzo chekkandi.
O'tgan mavsumda Barri APLda 33 ta (23 ta uchrashuvda asosiy tarkibda) maydonga tushgan.



