"Arsenal"ga Garet Barri kerak

Londonning Arsenal klubi Angliyaning Manchester Siti klubi yarim himoyachisi Garet Barriga qiziqib qoldi.
Angliya OAVning xabariga ko'ra, Kanonirlar tayanch yarim himioyachisiga muhtojlar. Sababi klub Bayer vakili Lars Benderni sotib olish fikridan qaytdi va Arsen Venger e'tiborini Barriga qaratdi.

32 yoshli Garetning tranfser narxi 3,5 million funtga baholanmoqda. Arsenal futbolchiga haftasiga 100 ming funt maosh bilan 2 yillik shartnoma taklif qilishi mumkin.

O'tgan mavsumda Barii shaharliklar safida 41ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urgandi.

Manba: football.kulichki.net