Barri Giggzning rekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
16 sen 2017
"Vest Bromvich" yarim himoyachisi Garet Barri "Vest Xem"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 5-tur uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Bu 36 yoshli futbolchi uchun Premer-ligada o'tkazgan 632-uchrashuvi bo'ladi. Shunday qilib, u APLda o'tkazgan bahslari bo'yicha rekordchi, "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Rayan Giggzga yetib oldi.

Giggz 1992-2014 yillarda APLda to'p tepgan, Barri esa Angliyaning yuqori divizionidagi ishtirokini 1997 yilda boshlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com