Barri: "Lester" avvalgidek emas, ammo ularning bajarganini unutish qiyin"

Aslanov Jasurbek
28 dek 2016, 13:45
"Everton" yarim himoyachisi Garet Barri "Lester Siti"ning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

APLning 18-tur uchrashuvida "tulkilar" "Everton"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Bu jamoa avvalgi mavsumdagidek emas. Futbol - ishonch hikoyasi. O'tgan mavsumdagi natijalarni takrorlash qiyin. Bunaqasi hayotda faqat bir marotaba sodir bo'ladi. Ha, ular Chempionlar ligasida yaxshi o'yin ko'rsatishyapti, ammo chempionatda aksincha. Ular bajargan ishni unutib bo'lmaydi" - deydi Barri.

APL turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports