Venger "Arsenal"da qolish uchun sport direktori bilan ishlashga rozi

Aslanov Jasurbek
20 may 2017, 16:24
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa ustozi bo'lib qolish uchun klub tuzilmasidagi o'zgarishlarga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi fransiyalik bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazmoqda. Mutaxassisning amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. Venger klubda qolish uchun jamoaga sport direktori tayinlanishiga ham rozi. Avvallari murabbiy klubga sport direktori shart emasligini takidlar edi.

"Klubga foydasi tegadigan yangiliklarga tayyorman. Shundan so'ng bu qanchalik foyda berishini bilib olishimiz mumkin. Sport direktori - bosh murabbiyga bog'liq qarorlarni qabul qiladigan odam. Bu selekciya, transferlar hamdir. Kuchliroq bo'lishimiz uchun bizga yordam kerak bo'lishi mumkin" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror